О нас

Axoft kompaniyasi haqida

Axoft — Rossiya va MDH bozorlarida ishlaydigan servis IT-distributori. 2004 yildan boshlab biz IT-ishlab chiqaruvchilar, tizim integratorlari va resellerlarga korporativ foydalanuvchilarni o'zlarining biznes muammolarini eng yaxshi hal qiladigan IT yechimlar va xizmatlar bilan ta’minlashlariga yordam berib kelamiz. Axoft portfeli SaaS- va IaaS-yechimlar, axborot xavfsizligini ta’minlash uchun tizimlar, infratuzilma, ofis va ilmiy dasturiy ta’minotlar, shuningdek, hamkorlik qiluvchi sherik xizmatlar — o‘qitish, konsalting, marketing, moliyaviy va texnik qo‘llashni o'z ichiga oladi.

2016 moliyaviy yil yakunlari bo'yicha kompaniya aylanmasi 18,5 foizga oshdi va 6,7 mlrd. Rublni tashkil etdi. Kompaniya 9 davlatning 28 shahrida - Rossiya, Belorussiya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog'iston, O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston, Mo'g'uliston davlatlarida ish yuritmoqda. Axoft bilan ishlashning afzalliklari endilikda IT-bozorida ishtirok etuvchi 6000ga yaqin kompaniyalar tomonidan baholanmoqda: dasturiy ta'minot resellerlari va tizim integratorlari, dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilar, internet-do'konlar va konsalting kompaniyalari.

Biz dunyoning 1000 dan ortiq dasturiy ta'minot va dasturiy-apparat ta'minoti ishlab chiqaruvchilarining rasmiy distribyutorimiz: Microsoft (CPS), “Kasperskiy laboratoriyasi”, Hewlett Packard Enterprise, Red Hat, Palo Alto Networks va boshqalar. Portfelimizga kiritilgan IT-yechimlar va xizmatlar narxi va funktsional imkoniyatlari jihatidan farq qiladi, hamda EPG kabi SMB-sektorining ham ehtiyojlarini qondiradi.

Axoft kompaniyasi uzoq muddatli hamkorlik asosida biznesni yo'lga qo'yadi, buning natijasida har yili CRN/RE va @Astera reytinglarining eng yaxshi IT distribyutorlari TOP-5-ga kiradi. 2016 yilda CRN/RE reytingida kompaniya "Moslashuvchanlik va hamkorlarga individual yondashuv" nominatsiyasi bo'yicha 1-sonli distributori deb tan olindi. Axoft har yili sifat menejmenti tizimining ISO 9001: 2008 xalqaro standarti talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi.

Kompaniya haqida batafsil ma'lumotni www.axoft.ru korporativ veb-saytidan olish mumkin.